Jamiyat | 18:49 / 04.01.2023
15243
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda 600 dollar evaziga haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament, DXX va IIB Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda fuqaro A.S.ning ishonchiga kirib, unga 680 dollar evaziga “V”, “S” toifali haydovchilik guvohnomasini tayyorlab berishni va’da qilib, shundan 600 dollar olgan ikki nafar shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid