O‘zbekiston | 11:15 / 05.01.2023
4311
1 daqiqa o‘qiladi

5 yilda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni qanchaga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi

2022 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, respublikada xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 15 497 tani tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan.

So‘ngi yillarda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni:

  • 2018 yilda – 7 371 ta;
  • 2019 yilda – 10 229 ta;
  • 2020 yilda – 11 620 ta;
  • 2021 yilda – 13 108 ta;
  • 2022 yilda – 15 497 ta.

Mavzuga oid