Jamiyat | 18:07 / 08.01.2023
31230
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda 8 yoshli bola vafot etdi

FVBning ishora qilishicha, o‘limga is gazi sabab bo‘lishi mumkin.

Foto: Namangan viloyati FVB

Namangan viloyatining Chust tumanida 8 yoshli bola vafot etdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 8 yanvar kuni soat 11:22 da Chust tumani tibbiyot birlashmasining bergan ma’lumotiga asosan Chust tumani «Yorqishloq» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlarning birida ota-onasi qaramog‘ida yashagan 2014 yilda tug‘ilgan bola va uning 2019 yilda tug‘ilgan ukasi sog‘lig‘i yomonlashgani sababli uyidan tuman tibbiyot xodimlari tomonidan shifoxonaga olib kelingan.

2014 yilda tug‘ilgan bolaga tuman tibbiyot birlashmasida birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan vafot etgan.

Ayni paytda o‘lim sababi aniqlanmoqda. Yakuniy xulosa sud-tibbiy ekspertizasi xulosasidan so‘ng beriladi.

Hozirda sodir bo‘lgan holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Hurmatli fuqarolar xonadoningizni isitish maqsadida gaz, elektr, ko‘mir, o‘tin va boshqa yoqilg‘ilardan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling», deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq Namanganda «Dok-1 Maks» preparatini qabul qilgan 3 yoshli bola vafot etgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid