Senegaldagi YTHda 40 kishi halok bo‘ldi
40 kishi halok bo‘lgan avtobuslar to‘qnashuvi ortidan Senegal prezidenti uch kunlik motam e’lon qildi.
Senegalda 8 yanvar, yakshanba kuni sodir bo‘lgan YTHda 40 kishi halok bo‘ldi, 87 kishi jarohat oldi. G‘arbiy Afrikaning ushbu davlati prezidenti Maki Sal Twitter'da halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlarga sog‘ayishini tiladi va 9 yanvardan Senegalda uch kunlik motam e’lon qildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, N1 trassasida 70 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan ikkita avtobus to‘qnashib ketgan. Hodisa avtobuslardan birining g‘ildiragi yorilib ketishi, natijada u qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgani sababli sodir bo‘lgan.
AFP agentligining ta’kidlashicha, Senegalda yo‘llarning yomon ahvoli, shuningdek, aholi o‘rtasida avtomobillarning qoniqarsiz holati tufayli avtohalokatlar keng tarqalgan muammo hisoblanadi.
Mavzuga oid
16:19 / 24.12.2024
Tanqiddan so‘ng: 2 bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
08:12 / 24.12.2024
Toshkentda uchta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
13:20 / 17.12.2024