Muz qoplagan konditsioner, ayoz qulflagan eshik - jizzaxliklar sovuqni qanday kutib oldi?
Bu yilgi sovuq shunday zabtiga oldiki, ta’tillar uzaytirildi, metan shoxobchalari yopildi, qish qishligini qilganda uni munosib “kutib olishga” tayyor emasligimiz yaqqol namoyon bo‘ldi.
Jizzax shahri aholisi anomal sovuqni qanday o‘tkazmoqda? Ushbu fotoreportajimiz shu haqida.
Bezatilganidan yig‘ib tashlangunicha gavjum bo‘ldigan bayram archasi sovuqda yolg‘izlanib qoldi.
Yo‘llarda odam kamchil. Gaz quyish shoxobchalari yopilgani sabab avtobuslar qatnovi to‘xtadi. 4000 so‘m bilan qatnaydigan taksilar narxi 10 000 so‘mga chiqdi.
Tarnovlarni qoplagan uzun va qalin sumalaklarning ostidan o‘tish ham xavfli bo‘lib qoldi.
Gaz past bo‘lgan xonadonlar gaz ustiga g‘isht qo‘yib qo‘yishdi. Uyni yaxshiroq isitish uchun.
Uyga kirayotgan sovuqni oz bo‘lsa-da qaytarish maqsadida eshik va derazalarga qalin matolar tutildi.
Lekin bu ham deraza va eshiklarni muzlashdan asrab qololmadi.
Ayoz qulflab qo‘ygan eshiklarni ochishning iloji bo‘lmadi.
Konditsioner va antennalar ham muzlab qoldi
Sovuq mevalarni ham unutmadi. Xurmolar ham o‘rab qo‘yilganiga qaramay muzlab qoldi.
Bu manzaralar gaz bo‘lgan, elektr toki nisbatan kam o‘chadigan hududda olingan tasvirlar. Siz qanday joyda yashaysiz? Sovuq harorat qanday ta’sir qildi? Rasmga oling va bizga yuboring.
Matn va suratlar muallifi: Charos Mannonova.
Mavzuga oid
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
16:40 / 16.12.2024
Toshkent – oppoq qish og‘ushida (fotojamlanma)
15:25 / 15.12.2024
Toshkent-Termiz yo‘lining Jizzaxdagi dovondan o‘tgan qismida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklandi
18:54 / 10.12.2024