O‘zbekiston | 17:59 / 18.01.2023
8027
3 daqiqa o‘qiladi
FVV aholini sumalaklar va tomdan tushishi mumkin bo‘lgan muz bo‘laklaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi
Baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etilmoqda.
Kunlar ilib, qorlar eriy boshlashi ortidan o‘zbekistonliklar yana bir sinov bilan ro‘baro‘ kelmoqda. Baland imoratlar, ko‘p qavatli uylar peshtoqida anomal sovuq vaqtida shakllangan, hayot uchun xavfli bo‘lgan sumalaklar, muz bo‘laklari tomdan ko‘chib tushishi ehtimoli bor. Shu bois Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi:
- qorlar erishi va tomlardan sumalaklar tushishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun ehtiyot bo‘lish va iloji bo‘lsa, binolardan uzoqroq yurish;
- binodan chiqayotganda, tomlarda qor massalari, sumalaklar va muzlar to‘planishi, ularning tushishi mumkin bo‘lgan joylarni chetlab o‘tishga e’tibor berish;
- qor massalari, sumalak va muzlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan tomlari baland uylarga yaqinlashmaslik va bolalarning bunday joylarda o‘ynashi va bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- agarda xavfli joyda panjarasi, ogohlantiruvchi belgilari mavjud bo‘lsa, ulardan o‘tishga urinmaslik, xavfli joyni boshqa yo‘l bilan aylanib o‘tish;
- quloqchin taqqan holda ko‘chada yurmaslik (yo‘qsa, tomdan tushayotgan qor massalari shovqinini eshitmaslik mumkin);
- piyodalar yo‘lakchasi bo‘ylab harakatlanayotganda, yuqori qavatlarda shubhali shovqin eshitilsa, to‘xtamaslik, boshni ko‘tarib, u yerda nima bo‘lganini o‘ylab ko‘rish (qor massalari yoki sumalak va muzlar tushayotgan bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda qochib ketib bo‘lmaydi, imkon qadar tezroq bino devoriga yopishish kerak, bu xavfsiz bo‘lishga xizmat qiladi);
- avtotransport vositalarini tomi baland binolar yoki tepasida qor massalari, sumalak va muzlar bo‘lgan inshootlar yaqiniga qo‘ymaslik;
- agar odam tomdan tushgan qor massalari, sumalak va muzlar tufayli jarohatlansa, darhol tez yordam chaqirish.
Mavzuga oid
16:40 / 16.12.2024
Toshkent – oppoq qish og‘ushida (fotojamlanma)
13:39 / 28.11.2024
O‘zgidromet qishki ob-havo prognozlarini e’lon qilishni kechiktiryapti(mi?)
10:46 / 15.11.2024
Qoidabuzarlik qilgan FVV avtomobili haydovchisi jarimaga tortildi
19:07 / 12.11.2024