Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi mansabdor shaxslariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Tibbiyot markazi mansabdor shaxslari tomonidan yangi uskunalar xarid qilish uchun ajratilgan qariyb 250 mln so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Jizzax viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlariga ko‘ra, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi mansabdor shaxslari tomonidan tibbiyot uskunalari xarid qilishda qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.
Xususan, tibbiyot markazi 2021 yil 22 dekabrdagi shartnomaga asosan “E.M.S.” MChJdan 245,2 mln so‘mga 2021 yilda Germaniyada ishlab chiqarilgan “Eskulap” modeldagi jarrohlik uskunalarini xarid qilishi belgilangan.
Tovar yetkazib beruvchi MChJ tomonidan 2021 yil 28 dekabrdagi hisobvaraq-fakturaga ko‘ra, ushbu modeldagi jarrohlik uskunalari tibbiyot markaziga yetkazilgani haqida hujjat rasmiylashtirilgan.
Biroq o‘rganishlar mobaynida shartnomada qayd etilgan jarrohlik uskunalari aslida mavjud emasligi, yangi tibbiy uskuna o‘rniga eski — 1994 yilda Rossiyada ishlab chiqarilgan jarrohlik uskunalari olib kelingani hamda ular yaroqsiz holatda ekani aniqlangan.
Tibbiyot markazidagi holat yuzasidan to‘plangan materiallar agentlik tomonidan qonuniy qaror qabul qilish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha prokuratura tomonidan Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
15:25 / 15.12.2024
Toshkent-Termiz yo‘lining Jizzaxdagi dovondan o‘tgan qismida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklandi
18:54 / 10.12.2024
Jizzaxda 1 mlrd so‘mlik qalbaki pul sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
11:45 / 01.12.2024