Iqtisodiyot | 10:23 / 21.01.2023
19698
1 daqiqa o‘qiladi

Baliq narxi o‘tgan yil davomida 12 foizga qimmatlashdi

Baliq va boshqa dengiz mahsulotlari narxlari bir oyda o‘rtacha 0,9 foizga oshgan.

Foto: Kun.uz

2022 yilning dekabr oyida baliq va boshqa dengiz mahsulotlari narxlari noyabr oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,9 foizga oshgan.

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, baliq va boshqa dengiz mahsulotlari narxlari 2022 yil davomida o‘rtacha 12 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.

2022 yilning dekabr oyida o‘tgan oyga nisbatan: tirik baliq narxlari - o‘rtacha 0,4 foizga oshgan, muzlatilgan baliq narxlari - o‘rtacha 0,7 foizga oshgan.

Quritilgan, dudlangan baliq narxlari - o‘rtacha 1,6 foizga qimmatlashgan.

Mavzuga oid