O‘zbekiston | 20:37 / 26.01.2023
32588
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi Mehnat kodeksida yo‘l qo‘yilgan xato bo‘yicha izoh berildi

Kodeks rus tilidagi nashrida prezident ism-sharifi xato ko‘rsatilgan.

Huquq faoli Abdurahmon Tashanovning yozishicha, Mehnat kodeksining bosma nashri Adliya vazirligi buyurtmasi bilan chop qilingan. Holat yuzasidan “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi munosabat bildirdi.

Foto: Facebook / Abdurakhmon Tashanov

Qayd etilishicha, 2022 yilning dekabr oyida “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan yangi Mehnat kodeksi o‘zbek va rus tillarida 1 000 ta nusxada chop etilgan.

“Kodekslarning rus tili nashridagi texnik xatolik ularning 238 tasi sotib bo‘lingach aniqlanib, do‘konlardan qolgan kodekslar zudlik bilan yig‘ib olingan. Mazkur texnik xatolikka yo‘l qo‘ygan sohaga mas’ul shaxslarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanib, kelgusida bunday xatoga yo‘l qo‘ymaslik choralari belgilab olindi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi xatoga yo‘l qo‘yilgan nashrni sotib olgan fuqarolarga kodekslarning to‘g‘rilangan shakli yetkazib berilishini ma’lum qilgan.

Mavzuga oid