Jamiyat | 08:01 / 29.01.2023
17862
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Nexia-1’da yong‘in chiqdi, Xorazmda Nexia-3 zovurga tushib ketdi

Yong‘inga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan. Xorazmda esa haydovchi ehtiyotsizlik qilgan.

Foto: Toshkent shahri YHXB

Toshkent shahri Bektemir tumanida 28 yanvar kuni Nexia-1 avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, THAY ko‘chasi «Qo‘yliq Universal savdo majmuasi» avtoturargohi ro‘parasida harakatlanib ketayotgan M.M. boshqaruvidagi Nexia-1 motor qismida nosozlik yuzaga kelgan.

Elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘chirilgan. Yong‘in sababli tan jarohati olganlar yo‘q.

28 yanvar kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida Nexia zovurga tushib ketdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilishicha, shu kuni soat 08:23 da Xorazm viloyati FVBga Nexia-3 avtomobili haydovchisi ehtiyotsizlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, Urganch shahar Navro‘z shaharchasidan oqib o‘tuvchi zovurga tushib ketgani to‘g‘risida xabar tushgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Aytilgan manzilga zudlik bilan FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobillarni zovurdan olib chiqdi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Mavzuga oid