Jo‘rabek Mirzamahmudov: “Lukoyl” bilan shartnoma 55/45 – O‘zbekiston foydasiga”
O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov mamlakatdagi salohiyatli konlarning 13 tasiga egalik qiluvchi Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi bilan mahsulot taqsimoti bitimi (SRP)ning ayrim shartlarini birinchi marta ochiqladi.
Mirzamahmudov konlardagi gazning 90 foizi “Lukoyl”ga, 10 foizi O‘zbekistonga degan tasavvur xato ekanini aytdi. Bu haqda vazir bilan faollar muloqotida ishtirok etgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Energetika vazirligi rahbarining tushuntirishicha, investorlar qatorida turuvchi “O‘zbekneftgaz” ulushini qo‘shib hisoblaganda, jami daromadning 55 foizi O‘zbekiston, 45 foizi esa “Lukoyl”ga tegadi.
“Kelishuvga ko‘ra, “Lukoyl” investitsiya kiritadi. 9-10 mlrd dollar atrofida investitsiya kiritdi deylik: zavod qurdi, burg‘ilash qildi va hokazo. 13 ta kondan tabiiy gaz, kondensat va oltingugurt olinadi. Bu mahsulotlar sotilganidan tushgan mablag‘ning bir qismi kiritilgan investitsiyani qaytarishga, yana bir qismi operatsion xarajatlarga (bular hammasi nazorat ostida), yana bir qismi esa soliqlarni to‘lashga yo‘naltiriladi. Oxiri qolgani – foyda.
Shu foydaning 50 foizi – “Lukoyl”ga, 50 foizi – davlatga. “Lukoyl” oladigan 50 foizning ichida 10 foiz “O‘zbekneftgaz”ning ulushi ham bor.
Aytaylik, 100 mln dollar sof foyda chiqdi deylik. 50 mln dollar – “Lukoyl”ga va shuning yana 10 foizi – 5 mln dollar “O‘zbekneftgaz”ga ketadi. Ana shu prinsip ishlaydi. Bu – bazaviy prinsip”, – dedi u.
Jurnalistlar Jo‘rabek Mirzamahmudovga bu ma’lumotlar shu paytgacha yashirib kelingani xato bo‘lganini aytdi.
“Haqiqatan ham balki bu bizning aybimizdir. O‘ylaymanki, biz endi taklif bilan chiqamiz: umuman, “SRP”ning ishlash mexanizmini [tushuntiramiz]. Matbuot kotibi bunaqa detallarni bilmaydi”, – dedi hukumat a’zosi.
“O‘zbekistondagi barcha neft-gaz konlariga oid eksklyuziv huquq Rossiyaga berilgani yolg‘on” — vazir
Mavzuga oid
13:54 / 19.12.2024
Poytaxt IIBB Otabek Bakirov ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi
15:08 / 13.12.2024
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov iqtisodchi Otabek Bakirov ustidan huquq organlariga ariza berdi
09:35 / 10.12.2024
Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi ikki barobar oshiriladi
08:10 / 07.12.2024