BMT: Dengiz sathi ko‘tarilgach, butun davlatlar yo‘q bo‘lib ketishi mumkin
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, global isish tufayli dunyo okeanining ko‘tarilishi «katta miqyosidagi o‘limga» olib keladi.
Global isish tufayli dengiz sathining ko‘tarilishi «ommaviy o‘limga» olib keladi. Bunday prognozni 14 fevral, seshanba kuni BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qilib, boshpana va xalqaro huquq sohasidagi qonunchilikka o‘zgartirish kiritishga chaqirdi.
Birlashgan millatlar tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda sayyorada 900 million odam qirg‘oqbo‘yi past hududlarda istiqomat qiladi va ularning barchasi alohida xavf ostida. «Butun davlatlar abadiy yo‘q bo‘lib ketishi mumkin», deb ogohlantirdi Guterrish. Muzliklarning erishi davom etayotgani fonida nafaqat orol davlatlari, balki Bangladesh, Xitoy, Hindiston va Niderlandiya kabi davlatlar ham xavf ostida qoladi, deya tushuntirdi u.
Mutaxassislarning fikricha, jahon okeani sathining ko‘tarilishi tez-tez bo‘ronlar va toshqinlar bilan birga kuzatiladi. Shu bilan birga, tuproq va suv tuz tufayli ifloslanadi, ko‘plab hududlar yashash uchun yaroqsiz holga keladi.
Birlashgan millatlar tashkilotining iqlim bo‘yicha ekspertlari ma’lumotlariga ko‘ra, 1900-2018 yillar oralig‘ida global dengiz sathi 15-25 santimetrga ko‘tarilgan. 2100 yilda Yer havosining harorati sanoatdan oldingi davrga nisbatan ikki darajaga issiqroq bo‘ladigan ssenariyga ko‘ra, global dengiz sathi yana 43 santimetrga ko‘tarilishi kutilmoqda. Haroratning 3-4 daraja Tselsiyga ko‘tarilishi bilan bu ko‘rsatkich 84 santimetrgacha yetishi mumkin.
2023 yil yanvar oyi boshida Science jurnalida tadqiqot e’lon qilindi, unga ko‘ra, 2100 yilga kelib Yerdagi global isishning hozirgi sur’atida muzliklarning 68 foizi yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
Mavzuga oid
11:15 / 12.12.2024
O‘zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajarish doirasida 530 dan ortiq fuqarosini Yaqin Sharqdan qaytardi
18:38 / 11.12.2024
Markaziy Osiyoda odam savdosi ko‘rsatkichlari pasaymayapti – BMT
12:20 / 05.12.2024
“Isroil BMT bilan himoyalanib, genotsid uyushtirmoqda” - Francheska Albaneze
17:18 / 03.12.2024