O‘zbekiston | 19:22 / 18.02.2023
41658
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida bir oilaning 4 a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdi

Oilaning 3 nafar a’zosi esa noma’lum etiologik zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: KUN.UZ

17 fevral kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanining Birlik mahallasida yashovchi oilada ommaviy ravishda ovqatdan zaharlanish holati sodir bo‘ldi. Bu haqda tuman IIBga o‘sha kuni soat 14:30larda xabar kelib tushgan.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, bir oilaning 3 nafar a’zosi voqea joyida, yana bir a’zosi esa shifoxonada vafot etgan.

Voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida ekspertiza tekshiruvi uchun qovurilgan baliq va moshkichiri ovqati qoldiqlari, pomidor va bodringdan tayyorlangan tuzlama, kompot hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olingan.

Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga  ko‘ra, fuqarolar o‘limiga noma’lum etiologiyali ovqatdan zaharlanish sabab bo‘lgan.  

Oldinroq Samarqandda uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida 2 kishi vafot etgandi.

Mavzuga oid