Ekspert: Leopard tanklarining uchdan bir qismidan kamrog‘i jangga tayyor
Bundesver harbiy xizmatchilari ittifoqi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, armiyani qayta qurollantirishni tezlashtirish kerak. Germaniya sanoatining ommaviy ishlab chiqarishga qaytishi uchun strategik rejalashtirish zarur, dedi Vyustner.
Bundesver ixtiyoridagi 300 ga yaqin Leopard tanklarining atigi 30 foizi jangovar tayyor holatda. Bu haqda 26 fevral, yakshanba kuni Bild am Sonntag nashriga bergan intervyusida Bundesver harbiy xizmatchilari ittifoqi (DBwV) rahbari Andre Vyustner ma’lum qildi.
Vyustner Germaniya zaxiralaridan Ukrainaga qurol-yarog‘ o‘tkazilishiga izoh berdi. «Bu hali ham juda sekin qilinyapti», dedi u. Bundesver harbiy xizmatchilari ittifoqi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Bundesver 2022 yilda qurilmalar Ukrainaga topshirilgandan keyin hali bitta ham o‘ziyurar gaubitsaga buyurtma bermagan, «ular uchun yangi ehtiyot qismlar to‘plamini aytmasa ham bo‘ladi». Qolgan o‘ziyurar qurollarning bir nechtasi yo‘q qilindi, artilleriya kuchlarining moddiy tayyorgarligi pasayishda davom etmoqda. Vyustnerning eslatishicha, Berlin Kiyevga 18 ta Leopard 2 jangovar tankini yubormoqda va Bundesver ularning o‘rnini bosuvchi tankka ham buyurtma qilishi kerak.
Nashr suhbatdoshi strategik rejalashtirish zarurligiga ishonch bildirdi, u Yevropa darajasida muvofiqlashtiriladi va Germaniyadagi sanoatni ommaviy ishlab chiqarishga qaytarish imkonini beradi. Sanoat sektori Bundesverga ikki yildan besh yilgacha qancha jangovar tanklar, o‘q-dorilar va qurollar kerakligini oldindan bilishi va ularni xarid qilish uchun kafolat olishi kerak, dedi DBwV rahbari. Har oy konveyerdan uch emas, o‘nta «Leopard» tanki chiqib ketishi mumkin», deb ishonadi mutaxassis.
Mavzuga oid
11:30 / 05.12.2024
Boltiq dengizidagi RF kemasi ekipaji Bundesver vertolyotini o‘qqa tutdi
14:57 / 14.09.2024
Litvada Bundesver qo‘shinlarini joylashtirish to‘g‘risida bitim imzolandi
07:31 / 30.07.2024
Germaniya Ukrainaga yana sakkizta Leopard tankini topshirdi
14:24 / 16.07.2024