Jamiyat | 11:46 / 02.03.2023
13622
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda internet klubda yuz bergan janjal oqibatida bir kishi jarohat oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida ommaviy mushtlashuv bo‘lganligi haqidagi xabar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Poytaxt IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 28 fevral kuni taxminan soat 22:00 larda Yakkasaroy tumanidagi internet klublaridan birida, 2002 yilda tug‘ilgan A.B. va tanishi 2002 yilda tug‘ilgan M.A. o‘zaro gap talashib qolganligi sababli ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Natijada fuqaro M.A. tan jarohati olib, kasalxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

“Shu o‘rinda, ijtimoiy tarmoq faollaridan tekshirilmagan xabarlarni tarqatmasliklarini, aholi orasida asoslanmagan shov-shuv ko‘tarmasliklarini so‘rab qolamiz”, deyiladi ma’lumotda.

Mavzuga oid