O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 31 yil to‘ldi
Turkiya dunyoda birinchi bo‘lib O‘zbekistonning mustaqilligini tan olgan.
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 31 yilligi munosabati bilan tabrik e’lon qildi.
«4 mart – O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan quvonchli kun!», deyiladi diplomatik missiyaning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.
O‘zbekiston 1991 yil 31 avgustda o‘z mustaqilligini e’lon qildi. O‘sha yilning 16 dekabrida Turkiya O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan birinchi davlat bo‘lgan edi.
Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 4 martda o‘rnatilgan. Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi 1992 yil aprelda, O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi 1993 yil yanvar oyida ish boshlagan.
Anadolu agentligining yozishicha, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar ma’lum bir davr mobaynida ko‘ngildagidek darajada bo‘lmagan. 2016 yil noyabr oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Samarqandga tashrifidan so‘ng vaziyat o‘zgargan.
Turkiya davlati rahbari va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning muzokaralari ikki davlat o‘rtasidagi sheriklik munosabatlariga turtki berib, ular taraqqiyotida yangi sahifa ochgan.
2017 yil oktyabr oyida Mirziyoyev Turkiyaga tashrif buyurdi. Bu 21 yillik tanaffusdan keyin O‘zbekistondan davlat rahbari darajasidagi birinchi tashrif bo‘lgan edi.
Prezidentlarning siyosiy irodasi tufayli 2017 yilda munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.
2018 yilda ikki davlat rahbarining tashabbusi bilan Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashi tashkil etildi. 2020 yilda ushbu kengashning birinchi yig‘ilishi Anqarada bo‘lib o‘tgan edi.
Mavzuga oid
16:43 / 27.12.2024
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga start berildi
20:48 / 25.12.2024
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «dafn etish»ga va’da berdi
17:38 / 24.12.2024
Turkiyada portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash sodir bo‘ldi
00:45 / 23.12.2024