Fan-texnika | 20:35 / 09.03.2023
86249
1 daqiqa o‘qiladi

3D printerda bosilgan birinchi raketa parvozi kechiktirildi 

85 foiz qismi 3D printerda chop etilgan Terran 1 raketasining dastlabki parvozi texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi. 

Foto: Trevor Mahlmann / Relativity Space

Raketa 8 mart kuni Florida shtatidagi Kanaveral burnida joylashgan maydondan uchirilishi kerak edi. Birinchi sinov parvozi yuksiz amalga oshirilishi lozim edi. Ammo parvoz 11 mart kuniga qoldirildi. 

Raketaning texnik imkoniyatlari 1250 kg yukni Yerning pastki orbitasiga olib chiqish imkonini beradi. Bunday raketada yoqilg‘i sifatida metan va suyuq kislorod ishlatiladi. Terran 1 raketasining birinchi va ikkinchi bosqichlarining dvigatellari 3D texnologiyasidan foydalangan holda ishlab chiqilgan. 

Terran 1 asoschisi Relativity Space kompaniyasi shunday raketaning og‘irroq versiyasi - og‘irligi 20 tonnagacha bo‘lgan yukni orbitaga olib chiqishga qodir bo‘lgan, qayta foydalanish mumkin bo‘lgan Terran R loyihasini ham ishlab chiqmoqda. Raketa qismlarining 95 foizi 3D texnologiyalari yordamida yasalishi rejalashtirilgan. Bunday raketaning ilk parvozi 2024 yilda amalga oshishi mumkin. 

Mavzuga oid