Buxoroda inspektorga pora taklif qilgan haydovchi ushlandi
U ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 100 dollar taklif qilgan.
Buxoro viloyatida yashovchi fuqaro YHXB inspektoriga pora taklif qilgan. Bu haqda IIV xabar berdi.
Qayd etilishicha, spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda avtomobil boshqarib, yo‘l harakati qoidabuzarligini sodir etgan haydovchi ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga inspektorga 100 dollar miqdorida pora taklif qilgan.
Inspektorning IIB boshlig‘i nomiga yozgan bildirgisi asosida 2023 yil 6 mart kuni IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi va Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Kogon shahrida joylashgan avtomobil maydonchasida fuqaro inspektorga 100 dollarni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:14 / 16.12.2024
Korrupsionerlarning 80 foizi qamalmagan, Andijon antireytingda birinchi o‘rinda - milliy ma’ruza
17:03 / 15.12.2024
Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
21:00 / 09.12.2024
200 dollarlik fotosurat, “ish bitirgan” kurka bolalari va qo‘shmachining “tanka”si – noodatiy poralar
15:29 / 03.12.2024