O‘zbekiston | 17:31 / 17.03.2023
10589
2 daqiqa o‘qiladi

Nurafshonda noqonuniy mayning ferma aniqlandi 

Foto: Prokuratura departamenti

Nurafshon shahrida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahar bo‘limi tomonidan Toshkent viloyati DXX boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro A.U.ga tegishli “Oybek” MFYdagi noturar bino ko‘zdan kechirilganida, xorijiy davlat fuqarosi Y.S. va fuqaro B.R. ushbu binoda 127 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,5 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid