O‘zbekiston | 19:10 / 18.03.2023
26859
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha Osiyo chempionati U-20 finaliga bordi

Foto: KUN.UZ

Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati final bahsi boshlandi. Hal qiluvchi bahsga mezbon O‘zbekiston va Iroq yoshlar jamoasi yetib kelgan.

O‘yinni ko‘rish uchun poytaxtdagi stadionga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham tashrif buyurgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston yarimfinalda Janubiy Koreyani, Iroq esa Yaponiyani yenggandi. Ikki jamoa musobaqani «A» guruhida boshlagan va guruhdagi o‘zaro o‘yinda O‘zbekiston 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Mavzuga oid