O‘zbekiston | 19:06 / 20.03.2023
19898
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda oilaviy janjal o‘lim bilan yakunlandi

Erkak oshxona pichog‘i bilan avval xotiniga, so‘ng o‘ziga tan jarohatlari yetkazgan. Oqibatda ayol voqea joyida vafot etgan. Er shifoxonaga yotqizilgan.

Jizzax viloyati Arnasoy tumanida erkak turmush o‘rtog‘ining o‘limiga sabab bo‘lgan.

Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2023 yil 17 mart kuni sodir bo‘lgan.

Arnasoy tumani Oltin vodiy mahallasida yashovchi 32 yoshli erkak va uning 28 yoshli xotini o‘rtasida rashk sababli janjal kelib chiqqan.

Janjal davomida erkak oshxona pichog‘i bilan avval xotiniga, so‘ng o‘ziga tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda ikki nafar farzandning onasi bo‘lgan ayol voqea joyida vafot etgan. Erkak tuman TTBga qarashli shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Avvalroq, Sirdaryoda erkak avval xotinini o‘ldirgan, so‘ng o‘z joniga qasd qilib vafot etgandi.

Mavzuga oid