O‘zbekiston | 10:02 / 20.03.2023
14987
2 daqiqa o‘qiladi

Saratov yaqinida sodir bo‘lgan YTHda 4 o‘zbekistonlik jarohatlandi, bir nafari halok bo‘ldi

Mintaqa Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, Saratov yaqinida sodir bo‘lgan YTHda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlandi, bir kishi halok bo‘ldi

Foto: saratov24

Saratov viloyatida yengil va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi, natijada to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlandi, bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar qildi viloyat sog‘liqni saqlash vaziri Oleg Kostin.

«20 mart kuni soat 1:46 (Toshkent vaqti bilan 2:46) da Fedorovskiy tumanida, A-298 Yershov-Engels avtomagistralidagi Plyos qishlog‘iga burilishda yengil avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Besh kishi jarohat oldi, ulardan biri halok bo‘ldi. Barchasi 20 yoshdan oshganlar», deb yozadi Kostin telegram-kanalida.

Uning aniqlik kiritishicha, 25 yoshli yigit halok bo‘lgan, 20-30 yoshlardagi to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlangan. 

«Bir kishi bosh miya ochiq jarohati, ko‘krak qafasi shikastlanishi, uchinchi darajali koma holatda, ahvoli o‘ta og‘ir... Ikkinchisida bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi, bel umurtqasi jarohati, shok, ahvoli og‘ir... Uchinchisi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, umurtqa pog‘onasining shikastlanishi, og‘ir ahvoli... To‘rtinchisi bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi, ahvoli o‘rtacha og‘irlikda», dedi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘rt nafar o‘zbekistonlik Fedorovskiy tuman kasalxonasiga yotqizilgan, ulardan ikki nafari reanimatsiyaga joylashtirilgan. 

Mavzuga oid