Jamiyat | 16:23 / 25.03.2023
41505
1 daqiqa o‘qiladi

Xonanda Dilmurod Daliyev nikohidagi ayolni o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda 

Xonanda Dilmurod Daliyev o‘z nikohidagi ayolni o‘ldirganlikda gumonlanib, qo‘lga olingan. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, san’atkor ayolga bir necha marta pichoq urib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan. 

Foto: YouTube

23 mart kuni Rishton tumanida yashovchi 36 yoshli D.D. o‘zi bilan rasmiy nikohdan o‘tmagan holda yashab yurgan 31 yoshli ayol M.B.ni pichoqlab o‘ldirgan. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinovning xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, gap xonanda Dilmurod Daliyev haqida ketmoqda. Unga ko‘ra, xonanda oilaviy janjal oqibatida ayolga oshxona pichog‘i bilan bir necha marta zarba bergan. Natijada ayol olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xonandaning yaqinlariga ko‘ra, Dilmurod Daliyev va marhumadan ikki nafar (2 yosh va 3 oylik) farzand qolgan.

Mavzuga oid