Olti yashar qizga tegajog‘lik qilgan erkakka nisbatan tayinlangan jazo muddati uzaytirildi
Ayblanuvchi birinchi instansiya sudi tomonidan 10 yil muddatga qamalgan edi. Prokurorning apellyatsiya protestidan so‘ng sud jazo muddatini 15 yilga uzaytirdi.
2022 yilning yozida Toshkentda katta yoshli erkak olti yoshli qizga tegajog‘lik qilgan, jamoatchilik bu haqda o‘tgan yilning noyabrida xabar topgandi.
“Sukut saqlama” loyihasining telegram-kanalida yozilishicha, o‘zi yashaydigan ko‘p qavatli uyning hovlisida dugonasi bilan birga o‘ynab yurgan qizchani ko‘rib qolgan begona erkak ular qidirayotgan mushukcha shu yerda ekanini aytib, aldab qizchalardan birini pod’yezdga chaqirib oladi. So‘ngra u olti yashar qizchaga tegajoqlik qiladi, kiyimlarini yechadi, jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga urinadi.
Erkak qizchani pod’yezdga aldab chaqirib olgani kuzatuv kameralariga tushib qolgan. Ushbu tasvirlar yordamida gumonlanuvchi tezda topiladi hamda qo‘lga olinadi.
Oktabr oyida Jinoyat kodeksining 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi va 129-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 1-qismi bilan R.Sh.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga oshiriladi.
Ish qonunchilikka muvofiq sudda yopiq ko‘rib chiqilgan. Sudning 2022 yil 22 dekabrdagi qarori bilan 47 yoshli R.Sh. 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
“Sukut saqlama” loyihasiga ko‘ra, 2023 yilning 9 yanvar kuni Yunusobod tumani prokurori O.Azimov Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasiga apellyatsiya arizasi yuborgan, unda Oliy sud “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi plenumi qarorining 8-bandiga ko‘ra nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyati tegishli jinoyat tarkibining obektiv tomoni sifatida nazarda tutilgan jinsiy aloqa yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga qaratilgan harakatlar boshlangan paytdan, ular tugatilganligidan va kelib chiqqan oqibatlardan qat’i nazar, tamom bo‘lgan hisoblanishini inobat olishni so‘ragan.
Prokurorning apellyatsiya shikoyatidan so‘ng 16 fevral kuni Toshkent shahar sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining apellyatsiya instansiyasi ushbu ishni ko‘rib chiqqan. Ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, R.Sh.ga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 2022 yil 22 dekabrdagi hukmi bekor qilingan. Voyaga yetmagan shaxsga zo‘rlik ishlatgan erkakka tayinlangan ozodlikdan mahrum etish muddati 10 yildan 15 yilga uzaytirilgan.
Mavzuga oid
11:06 / 20.12.2024
Toshkentda uch erkak homilador ayolga tegajog‘lik qilgani uchun 10 sutkaga qamaldi
19:10 / 27.09.2024
Toshkentda erkak shifokor muolaja paytida ayol mijozini o‘pib olgani uchun jazolandi
07:47 / 21.06.2024
Toshkent viloyatida 6 yoshli qizga uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan 60 yoshli shaxsga jinoyat ishi ochildi
21:10 / 14.05.2024