Kiberxavfsizlik markazi o‘zbekistonliklarni firibgarlarning yangi tuzog‘idan ogohlantirdi
Ma’lum bo‘lishicha, internetda TeslaX yangi loyihasi uchun 200 dollar tikib, uni 4 ming dollar qilib qaytarib olishlari mumkinligi haqida feyk tarqalmoqda.
IIV Kiberxavfsizlik markazi ijtimoiy tarmoqlarda “Tesla” kompaniyasi nomidan foydalanib soxta xabar tarqatilayotgani haqida ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, firibgarlar tomonidan tarqatilayotgan xabarlarda O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi aholi TeslaX yangi loyihasi uchun 200 dollar pul tikib, uni 4 ming dollarga aylantirib olish mumkinligi ta’kidlanadi.
Kiberxavfsizlik markazi bunday mazmundagi xabarlar kelsa, ularga aslo ishonmaslik, bu xabarlar yolg‘on ekanligi haqida ogohlantirgan.
“Feyk xabarlarga aldanmang, batafsil ma’lumotlarni olish uchun bizning kanallarimizni kuzatib boring. Tesla kompaniyasiga oid yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun uning rasmiy sahifasi bilan tanishib borish tavsiya etiladi”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Avvalroq IIV Kiberxavfsizlik markazi Telegramʼdagi turli kanal va guruhlarda tarqalayotgan 5 daqiqada foizsiz 50 mln kredit olish taklifi firibgarlarning navbatdagi nayrangi ekanidan ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
20:59 / 20.12.2024
Tesla kompaniyasi nosozlik tufayli 700 mingga yaqin avtomobilini chaqirib oladi
08:58 / 12.12.2024
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng: “Halal Auto Leasing” firibgarlik sxemasiga nisbatan tergov boshlandi
18:14 / 11.12.2024
“Haydovchisiz taksilar” - Tesla robotaksisi qanday ishlaydi?
17:25 / 03.12.2024