O‘zbekiston | 15:46 / 30.03.2023
7923
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda plastmassa mahsulotlari omborida yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent shahar Shayxontohur tumani Toshkent halqa aylanma yo‘lida yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa bo‘yicha rasmiy ma’lumot taqdim etdi.
Bugun, 30 mart kuni soat 14:04 da Shayxontohur tumani «Ibn Sino» MFY, Toshkent halqa aylanma yo‘li ko‘chasida joylashgan plastmassa mahsulotlarini saqlash omborida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:06 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:51 da qurshab olingan hamda soat 15:23 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.