O‘zbekiston | 18:09 / 01.04.2023
18241
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazm viloyatida ikki tumanga yangi hokim tayinlandi

Xorazm viloyatining ikki tumanida hokim o‘zgardi.

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Egamov Boburbek Davlatnazarovich Qo‘shko‘pir tumani hokimi etib tayinlandi.

Boburbek Egamov

Tayinlovga qadar u Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUK direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Shuningdek, xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ham tashkiliy masala ko‘rildi. Sultanov G‘ayratjon Po‘latovich Urganch tumani hokimi qilib tayinlandi.

G‘ayratjon Sultanov

Tayinlovga qadar u Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Har ikkala tuman sessiyasida Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov ishtirok etdi.

Mavzuga oid