Jahon | 21:58 / 10.04.2023
10559
2 daqiqa o‘qiladi

Bayden ikkinchi muddatga saylanmoqchi, lekin buni reklama qilmaydi - OAV 

AQSh prezidenti ma’lum sabablarga ko‘ra ataylab bu siyosiy taktikani tanladi. 

Foto: AP

Qo‘shma Shtatlarning amaldagi prezidenti Jo Bayden 2024 yil noyabrida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yishga qaror qildi. Biroq, prezident buni rasman e’lon qilmayapti. 

NBC News xabariga ko‘ra, prezidentlik kampaniyasini boshlash qarori allaqachon qabul qilingan, biroq Bayden ijtimoiy-siyosiy bosim tufayli ataylab jarayonga start bermayapti. 

Bundan tashqari, Bayden saylovda qatnashmaslik «imkoniyatini» saqlab qolish uchun o‘z qarorini muddatidan oldin e’lon qilishni istamayapti. 

Ommaviy axborot vositalarining qayd qilishicha, Bayden ikkinchi muddatga saylanish imkoniyatini sharhlar ekan, siyosiy yoki shaxsiy sharoitlar tufayli o‘z rejalarini o‘zgartirishi mumkinligini aytgan. 

Biroq, hozirda uning siyosiy maslahatchilari Bayden ikkinchi marta AQSh prezidenti bo‘lish ambitsiyalaridan voz kechmasligiga ishonishga moyil. 

Bayden hozirda amerikalik oilalar hayotini yaxshilash bo‘yicha o‘zining joriy siyosatini amalga oshirishga e’tibor qaratmoqda, dedi Oq uy spikeri o‘rinbosari Endryu Beyts. U, shuningdek, Bayden ikkinchi muddatga saylanishni rejalashtirayotganini tasdiqladi: «Buni e’lon qilish uchun qandaydir muddat belgilanmagan». 

Xabar qilinishicha, Bayden hali prezidentlik saylovoldi kampaniyasi bo‘yicha boshqaruvchi nomzodini ilgari surmagan. Oq uy barcha potensial nomzodlardan hozircha «kutishni» so‘rayapti, dedi manbalardan biri. 

AQSh prezidentligi uchun saylov 2024 yil 5 noyabr kuni o‘tkaziladi. Bayden 82 yoshida ikkinchi muddatga saylanishi mumkin. 

Mavzuga oid