Jamiyat | 11:44 / 10.04.2023
25504
1 daqiqa o‘qiladi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ikki mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarmalarining ikki nafar mansabdori qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan vazirlikning Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlari bosh boshqarmalari mansabdor shaxslari o‘z vakolatlaridan foydalangan holda pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, prezident farmoniga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan quyidagi respublika davlat boshqaruvi organlarining tashkiliy bo‘ysunuvi o‘zgargandi. Xususan, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga o‘tkazilgandi. Ushbu vazirlikka sobiq SSV vaziri Behzod Musayev rahbarlik qilmoqda.

Mavzuga oid