O‘zbekiston | 15:30 / 11.04.2023
11655
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda qoidabuzar haydovchining “ishini hal qilish uchun” 800 dollar pora olgan YHXB xodimi ushlandi

Inspektor “Jyentra”ning old oynalarini noqonuniy qoraytirganlik holati bo‘yicha hujjat rasmiylashtirmaslik va jarimaga tortmaslikni aytib fuqarodan pul talab qilgan

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, fuqarolardan biri huquqni himoya qilish organlariga murojaat qilib, Uzun tuman IIB JXX YXHB ma’muriy huquqbuzarlik materiallarini ko‘rib chiqish bo‘yicha inspektori Sh.A. “Jyentra”ning old oynalarini noqonuniy qoraytirgani holati bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmaslik, jarimaga tortmaslikni va’da qilib, evaziga undan 800 dollar talab qilayotganini bildirgan.

2023 yil 9 aprel kuni DXX Uzun tumanlararo bo‘limi, prokuratura departamenti hamda tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan fuqaroning murojaati bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, inspektor fuqarodan talab qilgan 800 dollarni Uzun tumani IIB YHXB ma’muriy amaliyot bo‘limi binosida olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan 09.04.2023 yil 9 aprel kuni prokuratura departamentining Uzun tuman bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid