Jahon | 09:28 / 15.04.2023
4412
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropaliklar Yupiterga sayyoralararo stansiya uchirdi

Kosmik zond Quyosh tizimidagi eng katta sayyora atrofidagi yo‘ldoshlarni o‘rganadi - olimlar suyuq holatda suv borligini taxmin qilishmoqda. Stansiya Yupiterga 8 yil davomida parvoz qiladi.

Foto: ESA

Yevropa kosmik agentligi (ESA) bir kun kechikib, 14 aprel, juma kuni Jupiter Icy Moons Explorer (JUICE) avtomatik sayyoralararo stansiyasini olib yuruvchi Ariane V raketa tashuvchisini uchirdi va orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Parvoz Fransiya Gvianasidagi Kuru kosmodromidan amalga oshirildi.

Raketa tashuvchisi olti tonnalik zondni 1,5 ming kilometr orbitaga chiqargandan so‘ng, u Yupiterga mustaqil parvozni boshladi, bu rejaga ko‘ra, 8 yil davom etadi.

JUICE missiyasi doirasida Yupiterning uchta eng katta muzli yo‘ldoshlari - Yevropa, Ganimed va Kallisto o‘rganilmoqda. Xususan, u muz ostida haqiqatan ham suyuq holatda suv bor yoki yo‘qligini tekshiradi. Yupiterning yo‘ldoshlari inson yashashi uchun sinovdan o‘tkaziladi.

Ganimed - quyosh tizimidagi eng katta tabiiy yo‘ldosh (u Oydan 2 baravar og‘irroq) - olimlar uchun alohida qiziqish uyg‘otadi. Ganimed zondning so‘nggi vazifasi bo‘ladi, 2035 yil sentabr oyida stansiya uning orbitasida aylangandan so‘ng muzli yuzasi bilan to‘qnashishi kerak.

Mavzuga oid