Koronavirusdan o‘lim holatlari 95 foizga kamaydi - JSST
2023 yilda COVID-19 bilan bog‘liq favqulodda vaziyat tugagani e’lon qilinishi mumkin.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyyesus koronavirusdan ro‘yxatga olingan o‘lim holatlari soni joriy yil boshidan buyon 95 foizga kamayganini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, u virus xavf tug‘dirishda va odamlarning hayotiga zomin bo‘lishda davom etayotgani haqida ogohlantirdi.
«Koronavirusdan o‘lim holatlarining tobora kamayib borayotgani bizni juda ruhlantirdi. Ammo yangi XVV.1.16 variantining paydo bo‘lishi shuni ko‘rsatadiki, virus hali ham mutatsiyaga uchramoqda va kasallik hamda o‘limning yangi to‘lqinlarini keltirib chiqarishga qodir», dedi Gebreyyesus.
U JSST 2023 yilda favqulodda vaziyat tugashini e’lon qilishiga umid bildirdi.
«Ammo bu virus hech qayerga ketmaydi va barcha mamlakatlar uni boshqa yuqumli kasalliklar bilan bir qatorda boshqarishni o‘rganishi kerak», dedi JSST bosh direktori.
Mavzuga oid
18:07 / 22.12.2024
FT: AQSh Tramp prezidentligining birinchi kunida JSSTdan chiqishini e’lon qilishi mumkin
13:42 / 02.12.2024
Dunyoda 800 milliondan ortiq odam diabetdan azob chekadi - tadqiqot
19:15 / 15.11.2024
JSST: 2018 yildan beri dunyoda tibbiyot muassasalariga 7,4 mingdan ortiq hujum uyushtirildi
18:19 / 13.11.2024