Jamiyat | 10:32 / 30.04.2023
20049
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiydagi chiqindi poligonida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: Tabiat resurslari vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi axborot xizmati

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi qattiq maishiy chiqindilar joylashtirish poligonida yong‘in sodir bo‘ldi.

Tabiat resurslari vazirligi viloyat boshqarmasi xabariga ko‘ra, o‘rganish davomida «Berejlivost» MChJga qarashli chiqindi poligonida yong‘in kelib chiqqani va buning oqibatida hudud atmosferasida tutun hosil bo‘lgani aniqlangan.

Shuningdek, Karmana tumani chiqindi yig‘ish hududida hamda Navoiy shahri hududida atmosferaga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini aniqlash maqsadida atmosfera havosining belgilangan me’yor darajasini aniqlash uchun tun-u kun muntazam ravishda monitoring va nazorat ishlari olib borilgan.

Viloyat hokimligi, Tabiat resurslari vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli tashkilotlarning 30 ta maxsus texnika yordamida Karmana tumani hududidagi «Berejlivost» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish poligonidagi yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Mavzuga oid