Sport | 22:00 / 01.05.2023
21885
2 daqiqa o‘qiladi

Yengil atletika. O‘zbekiston mezbonlik qilgan yoshlar o‘rtasidagi osiyo chempionati yakuniga yetdi

Toshkentda yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi 

27-30 aprel kunlari O‘zbekiston yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi beshinchi osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. 

4 kun davom etgan qit’a birinchiligida 40ta mamlakatdan 500 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etdi. 

Turnirda Xitoy 24ta medal — 15ta oltin, 7ta kumush va 2ta bronza bilan yetakchi bo‘ldi. Hindiston 6ta oltin, 11ta kumush, 7ta bronza bilan 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Qozog‘iston 3ta oltin, 6ta kumush va 5ta bronza bilan kuchli uchliyedan joy oldi.

O‘zbekistonlik yoshlar esa musobaqani 3ta oltin, 3ta kumush hamda 6ta bronza — jami 12ta medal bilan yakunlab, umumjamoa hisobida 4-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekiston jamoasiga medal keltirgan sportchilar:

  • Mahliyo Muhammadjonova — 2000 metr masofaga to‘siqlar osha yugurishda oltin 
  • Devdavs Ismoilov — balandlikka sakrashda oltin 
  • Sharifa Davronova — uch xatlab sakrashda 13,99 metr natija bilan turnir rekordini o‘rnatgan holda oltin; uzunlikka sakrashda esa kumush
  • Mahliyo Maxmudova — disk otishda kumush 
  • Abduazim Rahmatullayev — yadro uloqtirishda kumush, disk otishda bronza
  •  Maftuna Ahmedova — 1500 metrga yugurishda bronza
  • Sabina G‘oyibnazarova — 400 metrga to‘siqlar osha yugurishda bronza 
  • Emiliya Rudina — balandlikka sakrashda bronza 
  •  Shahzoda Shozodova — disk otishda bronza 
  •  Anna Chikalova — yettikurashda bronza

Mavzuga oid