Parij-2024. O‘zbekistonlik sportchilarning 4 avgust kungi chiqishlari
Bokschilar final yo‘llanmasi uchun janglarga kirishadi, Safina Sa’dullayeva finalda qatnashadi.
4 avgust kuni Parij Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta sport turi: boks, yengil atletika va veloshosseda o‘z kuchini sinab ko‘radi. Ularda jami 6 nafar atlet qatnashadi. «Gazeta.uz» kun taqvimi haqida ma’lumot beradi.
Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da yengil atletikachi Anvar Anvarov uzunlikka sakrash, saralash bahslarida qatnashadi. Yana bir atletikachi Safina Sadullayeva esa balandlikka sakrash bo‘yicha finalda o‘z chiqishini ko‘rsatadi.
So‘ngra Olga Zabelinskaya va Yanina Kuskova veloshosse bo‘yicha guruh bahslarida medallar uchun kurash olib boradi. Bokschilar — Hasanboy Do‘smatov va Lazizbek Mullajonov kechki payt final yo‘llanmasi uchun jang qilishadi.
Quyida 4 avgust kuni ishtirok etadigan sportchilar ro‘yxati:
Yengil atletika:
Uzunlikka sakrash, saralash: Anvar Anvarov — 14:00.
Balandlikka sakrash, final: Safina Sadullayeva — 22:55.
Veloshosse:
Guruh poygasi: Olga Zabelinskaya va Yanina Kuskova — 17:00.
Boks:
Yarim final -51 kg: Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) — Pina David (Kabo-Verde) — 19:50;
Yarim final -92 kg: Lazizbek Mullajonov (O‘zbekiston) — Davlat Boltayev (Tojikiston) — 20:38.
Mavzuga oid
08:47 / 22.12.2024
Usik Fyurini yana yengdi
21:57 / 18.12.2024
Fyuri va Usik boks jangida ilk marta sun’iy intellektga asoslangan hakam bo‘ladi
04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
15:42 / 13.12.2024