O‘zbekiston | 23:22 / 07.05.2023
30620
2 daqiqa o‘qiladi

“Yallama” chegara-bojxona postigacha uzundan-uzoq tirbandlik yuzaga keldi

Foto: KUN.UZ

M-39 xalqaro trassasining Toshkent viloyati Yangiyo‘l va Chinoz tumanlaridan o‘tgan qismidagi yo‘l yoqasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va Turkiya davlat raqamli yuk avtomobillari yig‘ilib qolgan. 2 kmdan ortiq masofaga cho‘zilgan yuk mashinalari Chinoz tumanidagi “Yallama” chegara-bojxona postidan Qozog‘istonga o‘tish uchun navbat kutishmoqda.

Yig‘ilib qolgan mashinalar xalqaro va mahalliy yo‘llar qatnoviga halal berib qo‘yayotganini ham ko‘rish mumkin.

Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, O‘zbekistondan Qozog‘istonga o‘tuvchi boshqa yaqin chegara-bojxona postlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli “Yallama" chegara-bojxona postida yuklama oshib ketgan.

2023 yil 7 may, soat 19:10 holatiga ko‘ra, navbatda turgan avtotransport vositalari:

  • chiqishda (Qozog‘istonga) — 485 ta (shulardan e-navbat interaktiv xizmati orqali navbat egallagan avtotransportlar soni — 15 ta);
  • kirishda (Qozog‘istondan) — 0 ta, ya’ni neytral.

Matbuot xizmatining qo‘chimcha qilishicha, bu tirbandliklar O‘zbekistonda boshlanayotgan gilos mavsumi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotlar yana to‘ldiriladi.

Mavzuga oid