Suriya Arab davlatlari ligasiga qaytyapti
Suriya a’zoligi to‘xtatilganidan keyin o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tib Arab davlatlari ligasiga qaytadi. Damashq yangi konstitutsiya bo‘yicha muxolifat bilan muzokaralarni qayta boshlashi kutilmoqda.
Arab davlatlari ligasi Tashqi ishlar vazirlari kengashi Suriyani tashkilotga qaytarishga qaror qildi — uning a’zoligi to‘xtatilganidan o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tib. Bu qaror Qohirada bo‘lib o‘tgan favqulodda yig‘ilishda qabul qilindi, dedi 7 may, yakshanba kuni Arab davlatlari ligasi bosh kotibi vakili Gamal Rushdiy. Bu o‘z xalqiga nisbatan shafqatsiz repressiya tufayli 2011 yilda tashkilotdan chiqarib yuborilgan Suriya prezidenti Bashar Asad hukumatining yakkalanishiga chek qo‘yadi, deya ta’kidladi dpa.
Arab davlatlari “o‘zaro hurmatga asoslangan samarali yondashuv”ga amal qilishlari kerak, deya ma’lum qildi Suriya TIV. Idora, shuningdek, “arab davlatlari oldida turgan muammolarni hal qilish uchun birgalikdagi ish va muloqot muhimligini” ta’kidladi.
Arab davlatlari ligasi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Suriyadagi inqirozni, uning “insonparvarlik va siyosiy oqibatlarini, shuningdek, xavfsizlik uchun jihatlarini hal qilish harakatlarida yetakchi rol o‘ynashni boshlash istagini” qayd etib, "barcha muhtojlarga" insonparvarlik yordami ko‘rsatilishi kerakligini qo‘shimcha qildi. Shuningdek, ular “keng qamrovli yechimga erishish uchun Suriya hukumati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni” davom ettirish maqsadida vazirlar qo‘mitasini tuzishga kelishib oldilar.
Germaniyaning dpa agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Suriya rasmiylari muxolifat bilan yangi konstitutsiya bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishi va saylovlarga yo‘l ochishi kutilmoqda. Bundan tashqari, hukumat qochqinlarning qaytishiga ruxsat berishi, insonparvarlik yordami ko‘rsatilishini ta’minlashi va qo‘shni davlatlarga narkotik moddalar kontrabandasini to‘xtatishi kerak, deya ta’kidladi agentlik. Unga ko‘ra, arab davlatlari Suriyadagi tiklanish ishlariga moliyaviy yordam bermoqchi va ittifoqchi davlatlarni bu mamlakatdan qo‘shinlarini olib chiqishga ko‘ndirmoqchi.
19 may kuni Saudiya Arabistonida Arab davlatlari ligasining 22 a’zosi ishtirokidagi navbatdagi sammit o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Podshohlik Asadni ushbu uchrashuvga taklif qilishi mumkin, deb yozadi dpa.
Mavzuga oid
21:08 / 25.12.2024
The Telegraph: Suriya sobiq prezidentining rafiqasi Asma Asad leykoz tufayli boshqalardan izolyatsiya qilindi
20:48 / 25.12.2024
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «ko‘mishga» va’da berdi
19:47 / 25.12.2024
Al-Jo‘laniy isyonchi guruhlar qurollarini tashlashga roziligini e’lon qildi
12:10 / 25.12.2024