Samarqandda dehqon xo‘jaligi yerini 90 ming dollarga sotishga uringan shaxs qo‘lga tushdi
Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi.
Zarnews’ning ma’lum qilishicha, fuqaro O.J. (1973 yilda tug‘ilgan) o‘ziga foydalanish uchun topshirilgan, dehqon xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 1 gektar yerni boshqa fuqaroga 90 ming dollarga sotishini bildirib, kelishilgan summadan 40 ming dollarni oldindan berishni talab qilgan.
DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda u mahalliy fuqarodan ushbu pulni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Yana bir holatda Payariq tumanida yashovchi Sh.A. (1993 yilda tug‘ilgan) amakisiga tegishli fermer xo‘jaligi balansida bo‘lgan 1,2 gektar yerni talabgorga 17 ming dollarga sotishni rejalashtirib, kelishilgan puldan 10 ming dollarni olayotganida ushlangan.
Mavzuga oid
13:29 / 22.12.2024
Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi
09:54 / 12.12.2024
Samarqandda bog‘cha yonib ketdi
12:18 / 08.12.2024
Samarqandda qarovsiz qolgan 14 yoshli qiz vaqtincha qarindoshlari qaroviga topshirildi
14:26 / 28.11.2024