O‘zbekiston | 16:23 / 11.05.2023
37467
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda beton simyog‘ochga urilgan Nexia haydovchisi vafot etdi

Yangihayot tumanida boshqaruvi yo‘qotilgan Nexia-2 beton simyog‘ochga urildi va ikkiga bo‘linib ketdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar Yangihayot tumanida Nexia-2 avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Joriy yilning 11 may kuni soat 07:30 larda Yangihayot tumani Toshkent aylanma yo‘lining 4P21 yo‘lida 2000 yilda tug‘ilgan A.A. Nexia-2 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib beton simyog‘ochga urilishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida Nexia-2 rusumli avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid