O‘zbekiston | 20:25 / 17.05.2023
18841
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: “Bugungi O‘zbekiston – kechagi O‘zbekiston emas”

“6 yil muqaddam boshlagan qat’iy islohotlarimiz natijasida mamlakatimizning qiyofasi butunlay o‘zgardi”, dedi prezident bugun Samarqandda bo‘lib o‘tgan YeTTBning yillik konferensiyasidagi nutqida.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 may kuni Samarqand shahrida o‘tayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishida ishtirok etdi. Davlat rahbari yig‘ilishning yalpi sessiyasida nutq so‘zladi.

“O‘zbekistonda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining bunday formatdagi yig‘ilishi roppa-rosa 20 yil oldin bo‘lib o‘tgan edi. Bugungi anjumanda yangi mehmonlar bilan birga, avvalgi yig‘ilishda qatnashgan ishtirokchilarni ham ko‘rib turibman.

Shu o‘rinda bir fikrni alohida ta’kidlab aytmoqchiman: Bugungi O‘zbekiston – kechagi O‘zbekiston emas.

6 yil muqaddam boshlagan qat’iy islohotlarimiz natijasida mamlakatimizning qiyofasi butunlay o‘zgardi. Bugun siz, azizlarni mutlaqo yangi muhitda – dunyoga keng ochilayotgan, barcha sohalarda hamkorlik uchun tayyor bo‘lgan yangi O‘zbekistonda qabul qilayotganimizdan g‘oyat mamnunmiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, hozirda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi loyihalar portfeli 4 milliard yevrodan oshgan. Shundan 3,3 milliard yevrolik loyihalar so‘nggi to‘rt yilda boshlangan.

O‘tgan yil yakuni bilan O‘zbekiston bankning beshta eng asosiy hamkorlari qatoriga kirgan. Yillik investitsiya hajmi bo‘yicha esa YeTTBning Markaziy Osiyodagi eng yirik biznes sherigidir.

Mavzuga oid