Instagram yozda Twitter muqobilini ishga tushirmoqchi
Hozircha «matnli suhbat ilovasi» shartli nomini olgan tarmoq Instagram asosida yaratilgan bo‘lib, u orqali avtorizatsiya qilinadi.
Instagram (Meta kompaniyasiga tegishli) funksionallik jihatidan Twitter platformasini amalda takrorlaydigan ijtimoiy tarmoqni ishlab chiqdi. U allaqachon tanlab olingan foydalanuvchilar orasida sinovdan o‘tkazilmoqda va rasman joriy yilning iyun oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan, deb xabar berdi Bloomberg.
Ijtimoiy tarmoqning internetda tarqalib ketgan dastlabki fotosuratlarida aytilishicha, «matnli suhbat ilovasi» Instagram asosida yaratilgan bo‘lib, u orqali avtorizatsiya qilinadi. Ikkala ijtimoiy tarmoqni ham sinxronizatsiya qilish imkoniyati bo‘ladi. Masalan, kontaktlar va obunachilar ro‘yxati orqali. Biroq, ular ikki xil platforma.
Xabarlar 500 ta belgi bilan cheklangan, bu Twitter platformasidagi 280 ta belgidan iborat chegaradan deyarli ikki baravar ko‘p. Ularga havolalar, videolar va fotosuratlar biriktirilishi mumkin.
Sozlamalarda sharhlarni va akkaunt haqidagi eslatmalarni boshqarish mumkin bo‘ladi. Instagram tarmog‘ida bloklangan foydalanuvchilar ro‘yxati avtomatik ravishda yangi ijtimoiy tarmoqqa o‘tkaziladi.
Meta kompaniyasi 2023 yil mart oyida yangi ijtimoiy tarmoqni ishlab chiqish boshlanganini e’lon qilgan edi. Uch oy o‘tgach, uni ishga tushirishga tayyor ekani ma’lum bo‘ldi. Hozircha yangi ijtimoiy tarmoqning nomi ochiqlanmadi.
Mavzuga oid
20:42 / 17.12.2024
Irlandiya regulyatori Meta kompaniyasini 251 mln yevro jarimaga tortdi
19:05 / 12.12.2024
Meta kompaniyasi Trampning inauguratsiyasiga 1 mln dollar xayriya qildi
17:10 / 28.11.2024
Mark Tsukerberg Tramp bilan uning Mar-a-Lago qarorgohida uchrashdi
20:43 / 14.11.2024