O‘zbekiston | 17:41 / 23.05.2023
14617
1 daqiqa o‘qiladi

Koson tuman hokimligi xodimi ushlandi

U fuqarodan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga talab qilingan 3 mln so‘mni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Koson tuman hokimligining rahbar kotibi G‘.G‘. fuqaro N.Sh.ning 12 sotixli uy-joyining kadastr hujjatlarini tanishlari yordamida rasmiylashtirib berish evaziga 3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid