Toshkentda 21 yoshli yigit o‘z akasini o‘ldirib qo‘ydi
Ko‘chada sodir bo‘lgan o‘zaro janjal oqibatida yigit o‘zidan 4 yosh katta akasini pichoq bilan bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan hamda voqea joyidan qochib ketgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, 24 may kuni taxminan tungi soat 00:30 larda 2002 yilda tug‘ilgan O.Sh. Mirobod tumanidagi “Oybek” metro bekati atrofida akasi bilan o‘zaro janjallashgan. Natijada O.Sh. 1998 yilda tug‘ilgan akasi O.L.ning ko‘krak qafasi oldi qismiga o‘tkir tig‘li pichoq bilan bir marotaba urib, qasddan o‘ldiradi hamda voqea joyidan qochib ketgan.
Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan 2023 yil 24 may kuni Jinoyat kodeksi 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shuningdek, gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
18:43 / 20.12.2024
Google Maps fotosurati Ispaniyadagi qotillikni ochishga yordam berishi mumkin
16:51 / 16.12.2024
Konibodomda yana to‘rt kishining jasadi topildi
20:01 / 13.12.2024