O‘zbekiston | 15:55 / 29.05.2023
18900
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda universitet qurilishida qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlandi

Jizzax davlat pedagogika universitetining yangi qurilayotgan binosi poydevoridagi beton ishlari loyiha talablariga mos kelmasligi va beton quyish ishlari sifatsiz bajarilgani aniqlanib, demontaj qildirildi.

Foto: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Jizzaxda universitet qurilishida qator qoidabuzarliklar aniqlandi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Jizzax viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan “Bog‘ishamol” MFY hududida buyurtmachi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK tomonidan qurilayotgan Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetining yangi 2,5 ming o‘rinli binosini qurish obektida monitoring ishlari o‘tkazilgan.

Natijada obektda zilzilaviy hududlarda qurilish talablariga rioya qilinmagani natijasida poydevor qismida bajarilgan beton ishlari labarotoriya xulosasiga ko‘ra, loyiha talablariga mos kelmaydi va beton quyish ishlari esa sifatsiz bajarilgan deb topilgan.

Qoidabuzarliklar yuzasidan mas’ul shaxslarga inspeksiya tomonidan yozma ko‘rsatma berilgan hamda sifatsiz bajaraligan beton ishlari joyida demontaj qildirilgan.

Mavzuga oid