Qozog‘iston eksportchilari O‘zbekistonga avtotransportda bug‘doy olib chiqib ketishni cheklashni taklif qildi
Qozog‘istonning KazGrain eksportchilar milliy assotsiatsiyasi rahbari Zeynolla Abdumanapov O‘zbekistonga avtotransportda bug‘doy olib chiqib ketishni cheklashni taklif qilmoqda. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar beradi «APK-Inform».
«Hukumat tomonidan Rossiyadan avtomobil yo‘llari orqali bug‘doy olib kirishni taqiqlash choralari ko‘rilganiga qaramay, so‘nggi paytlarda Rossiyadan vagonlar Turkiston viloyatiga kirib, «Kamaz»larga ortilayotgani hamda O‘zbekistonga eksport qilinayotganini ko‘ryapmiz. Bu bug‘doy qanday tarzda qonuniy ravishda eksport qilinayotganini kim nazoratga oladi?
Shuni ta’kidlash kerakki, Rossiyaning bu arzon bug‘doyi Qozog‘iston bug‘doyining butun eksportini buzadi. Shu munosabat bilan ushbu masalani kun tartibiga qo‘yish va Qozog‘istondan O‘zbekistonga avtotransport orqali bug‘doy olib chiqib ketilishini cheklashni ko‘rib chiqish zarur, deb hisoblayman», — dedi KazGrain rahbari.
Avvalroq Qozog‘iston 6 oy muddatga bug‘doyni avtomobil yo‘llari orqali mamlakatga olib kirishni taqiqlagan edi. Tegishli buyruq 10 aprel kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbari Yerbol Karashukeyev tomonidan imzolangan. Ushbu chora mahalliy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash va Rossiyaning arzonroq g‘allasi kuchli bosimi ostida qolgan qozoq bug‘doyi narxini ushlab turish maqsadida qabul qilindi.
Qozog‘iston qayta ishlovchilar ittifoqi hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya bug‘doyining kontrabandasi tufayli respublika har yili 500 million dollarga yaqin zarar ko‘radi.
Mavzuga oid
17:04 / 11.12.2024
Qozog‘istonda kuydirgi sababli chorva uchun majburiy karantin joriy etildi
12:59 / 10.04.2024
Qozog‘iston bug‘doyining O‘zbekistonga eksporti o‘tgan mavsumdagi darajadan oshdi
20:36 / 04.03.2024
Qozog‘iston O‘zbekistonga bug‘doy yetkazib berish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda
18:39 / 15.02.2024