Toshkentda avtobus konditsionerini yoqmasdan harakatlangan haydovchi jazoga tortildi
Haydovchi havo issiqligiga qaramay avtobus konditsionerini yoqmagan va bu yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘lgan.
Toshkent shahrida 59-sonli yo‘nalish avtobus haydovchisi kunning issiq qismida konditsionerni yoqmasdan harakatlangani ortidan jazolandi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 7 iyun kuni avtobusda yosh bola issiq tufayli ko‘ngli aynib qusib yuborgani, buning ortidan yo‘lovchilar haydovchiga e’tiroz qilganidan so‘nggina konditsioner yoqilgani aytilgan video tarqalgandi.
Ma’lum qilinishicha, 12-Avtobus saroyiga qarashli 59-sonli yo‘nalish haydovchisi avtobusning sovitish tizimi (konditsioneri)ni yoqmasdan harakatlangan va «Sergeli 7-mavze» bekatida yo‘lovchilar e’tiroz bildirgan. Shundan so‘ng haydovchi konditsionerni yoqqan.
Xolatni «Toshshahartransxizmat» o‘rgangan va haydovchi bilan tushuntirish ishlari olib borilgan, hamda unga intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.
Tashkilotning eslatishicha, ichki tartib qoidaga ko‘ra, haydovchilar avtobus konditsionerlarini 08:00 dan 19:00 gacha yoqqan holda harakatlanishi lozim. Shuningdek, yo‘lovchilardan bunga amal qilinmayotgan holatga duch kelsa, 1062 ishonch telefoni raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi so‘ralgan.
Mavzuga oid
17:57 / 23.12.2024
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
08:45 / 20.12.2024
Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi
23:26 / 18.12.2024
Toshkentda avtobus yonib ketdi
21:02 / 26.11.2024