Rossiya Kaxovka GESi vayron bo‘lishi uchun javobgardir - Oq uy
To‘g‘on ruslar nazorati ostida edi, deb eslatdi Vashington.
Oq uy Rossiyani Kaxovka GES to‘g‘onining vayron qilingani uchun javobgar deb biladi. Chunki u aynan Rossiya kuchlari nazorati ostida bo‘lgan. Bu haqda Oq uy spikeri Karin Jan-Per ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar hali ham sodir bo‘lgan voqea haqida ma’lumot to‘plamoqda, ammo har qanday holatda ham javobgarlik Rossiya zimmasiga yuklanadi, uning qo‘shinlari, qoida tariqasida, Ukraina hududida bo‘lmasligi kerak.
«Bu to‘g‘on Rossiya nazorati ostida edi va ular bu urush oqibatida yuzaga kelgan vayronagarchilik uchun javobgardir. Biz Ukraina xalqini bu og‘ir damda qo‘limizdan kelganicha qo‘llab-quvvatlashga harakat qilamiz», dedi spiker.
Jan-Per, agar Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin uyushtirmaganida, bu fojia hech qachon sodir bo‘lmasdi, deb ta’kidladi.
Xerson oblastining rossiyaliklar tomonidan anneksiya qilingan qismida joylashgan Kaxovka GES to‘g‘oni 6 iyun kuni vayron bo‘ldi. Oqibatda, undan juda katta hajmda suv oqib chiqdi. Hodisa yirik gumanitar falokatni keltirib chiqardi. Dnipro daryosining quyi qismida joylashgan ko‘plab aholi punktlari suv ostida qoldi. Qurbonlar va jabrlanganlar bo‘ldi.
Ukraina rasmiylari Kaxovka GES to‘g‘onini rossiyalik harbiylar portlatib yuborganini ta’kidlamoqda. Rossiya rasmiylari esa ukrainaliklarni to‘g‘onga raketa zarbasini berganlikda ayblamoqda.
Mavzuga oid
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024