WP: Saudiya shahzodasi AQShga neft tufayli aloqalarni uzish bilan tahdid qilgan
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi bir tomonlama ravishda AQShga munosabatlarni uzish bilan tahdid qildi, deb yozadi WP Amerika razvedkasining maxfiy hujjatlariga tayanib. Muhammad bin Salmon Baydenning Saudiya Arabistonini neft qazib chiqarishni qisqartirish qarorini «oqibatlar» kutayotgani haqidagi bayonotiga shunday munosabat bildirdi, deb yozadi gazeta.
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bir tomonlama ravishda AQShga aloqalarni uzish bilan tahdid qildi. Bu haqda The Washington Post gazetasi Amerika razvedkasining gazeta ixtiyoriga kelib tushgan maxfiy hujjatiga tayanib yozmoqda.
Unga ko‘ra, Saudiya shahzodasi «endi AQSh ma’muriyati bilan ishlamasligini» aytgan va «Vashington uchun jiddiy iqtisodiy oqibatlar» to‘g‘risida va’da qilgan. Muhammad bin Salmon o‘tgan yilning kuzida Saudiya Arabistoni benzin narxi oshishi fonida neft qazib olishni qisqartirish qarori «oqibatlar keltirib chiqarishi»ni aytgan AQSh prezidenti Jo Baydenning so‘zlariga shunday munosabat bildirdi, deb yozadi WP.
Shahzodaning tahdidi to‘g‘ridan to‘g‘ri AQSh rasmiylariga yetkazilganmi yoki AQSh razvedkasi tomonidan aniqlanganmi, hozircha noma’lum. Biroq, sakkiz oy davomida Bayden o‘z tahdidini amalga oshirmadi, Muhammad bin Salmon esa Amerika rasmiylari bilan aloqalardan voz kechmadi. Masalan, 8 iyun, payshanba kuni valiahd shahzoda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan Saudiyaning dengiz sohilidagi Jidda shahrida uchrashdi, deya ta’kidladi WP.