O‘zbekistonlik grossmeyster Lijenga shaxmat toji uchun kechgan bahsda yordamlashgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonlik grossmeyster Jahongir Vohidov aprel oyida Ostona shahrida jahon shaxmat toji uchun o‘tkazilgan bahsda bilvosita ishtirok etdi. U xitoylik Din Lijenga sekundantlik qildi. Yakunda xitoylik grossmeyster rossiyalik Yan Nepomnyashchiyni yengib, jahon chempioni bo‘ldi.
Shaxmat toji uchun o‘tkazilgan bahsda Lijenga ruminiyalik grossmeyster Rixard Rapport ham sekundantlik qildi. Ikkinchi sekundantning ismi oshkor etilmadi. Den Lijen uning ismi sir qolishini istagan va bahslar yakunlanganidan keyin New In Chess jurnalisti Dirk Yan ten Gezendamga aytgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Lijen Vohidov bilan Veyk-an-Zeye shahrida bo‘lib o‘tgan Tata Steel turnirida tanishgan. Uning Lijenga yordamchi bo‘lishi haqidagi qaror shaxmat toji uchun o‘yindan bir necha oy oldin qabul qilingan. Shaxmatchilar masofadan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olgan: Vohidov o‘yin davomida «parda ortida qoladi» va Lijenga o‘z g‘oyalarini uydan jo‘natadi.
Nepomnyashchiy va Lijen o‘rtasidagi bahs 14 partiyadan iborat bo‘ldi va 7:7 hisobida yakunlandi. Shundan keyin tezkor shaxmat bo‘yicha to‘rt partiya o‘ynalgan tay-breykda Lijen g‘alaba qozonib, jahon chempioni bo‘ldi.
Jahongir Vohidov asli samarqandlik, grossmeyster Tohir Vohidovning o‘g‘li. 2014 yildan buyon grossmeyster. 2022 yilda u O‘zbekiston milliy jamoasi bilan Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi va to‘rtinchi doskada eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. U o‘zbekistonlik eng kuchli shaxmatchi Nodirbek Abdusattorovning (FIDE reytingida 21-o‘rin) murabbiyi hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:00 / 12.12.2024
Hindistonlik Gukesh Dommaraju shaxmat tarixidagi eng yosh jahon chempioni bo‘ldi
21:35 / 25.11.2024
Singapurda jahon shaxmat toji uchun bahs boshlandi
09:10 / 09.11.2024
Shaxmat. Afro‘za Hamdamova – ikki karra jahon chempioni
17:27 / 15.06.2024