UzAuto Motors treyleri YTHga uchrab, ikki haydovchi vafot etdi
Buxoro-Urganch avtotrassasida UzAuto Motors treyleri ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
Buxoro va Urganch shaharlari oralig‘idagi avtomobil yo‘lida UzAuto Motors treyleri YTHga uchrab, ikki haydovchisi vafot etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 14 iyun kuni soat 11:40 da ro‘y bergan. UzAuto Motors avtoparkiga tegishli treyler yuk mashinasiga borib urilgan. YTH oqibatida avtovoz kabinasi shikastlangani sababli ikki haydovchi ham olingan og‘ir jarohatlar natijasida vafot etgan.
«Ayni paytda ushbu hodisa tegishli xizmatlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, hodisa sabablari aniqlanmoqda. Avtohalokat haqida batafsil ma’lumot tergov-tezkor tadbirlari yakunlariga ko‘ra beriladi», deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
13:20 / 17.12.2024
Rossiyadagi YTHda 5 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
21:02 / 12.12.2024
Yangiyo‘lda 5 bolani bosib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi axloq tuzatish jazosini oldi
07:20 / 12.12.2024